Botir Qodirov - Oyning o'n beshi qorong'u Текст песни (слова)


Ботир Кодиров — Ойнинг ун беши коронгу

Tog‘-u toshlarning chiroyi
Lola gul ohu bilan
Xasta ko‘nglimning quvonchi
Ul kamon obru bilan
Naylayin dardimga parvo
Qilmading kulgu bilan

Oyning o‘n beshi qorong‘u
O‘n beshi yog‘du bilan
Umrini oshiq hamisha
O‘tkazar orzu bilan

Dard-u hijron ezdi bag‘rim
Naylayin shom-u sabo
Shul ekan sevgan, sevishgan
Qismati jabr-u jafo
Qanchalar yozsam yurak qon
Hiyla arz bo‘lmas ado

Zahmati ishq dard erursa
Zahmati she’erdur davo
Chunki og‘uning shifosi
Deydilar og‘u bilan

Bog‘ladim mehrim ipin
Ko‘nglima yod deb o‘ylamang

Oshkora ishq dardim
Siz uyat deb o‘ylamang
G‘ayratini yo siz aslo
Ki hayo deb o‘ylamang

Yorni men jonim deb aytsam
Iltifot deb o‘ylamang
U yashar mensiz va lekin
Men tirikman u bilan

Oyning o‘n beshi qorong‘u
O‘n beshi yog‘du bilan
Umrini oshiq hamisha
O‘tkazar orzu bilan
O‘tkazar orzu bilan
O‘tkazar orzu bilan


Текст песни (слова) Oyning o'n beshi qorong'u lyrics
 
 

Тексты песен Botir Qodirov являются собственностью правообладателей. Текст песни "Oyning o'n beshi qorong'u" представлен исключительно для ознакомления и личного пользования.
All lyrics are property and copyright of their owners. All lyrics provided for educational purposes and personal use only.

Популярные тексты песен исполнителя Botir Qodirov
Популярные тексты песен
Новые тексты песен