Doston Ergashev - Dunyo bu Текст песни (слова)


Do‘stim zo‘rman deya ketma o‘zingdan
Zo‘rlarni boshini eggan dunyo bu

Hatto shohlarni ham olib taxtidan
Beajal go‘riga tiqqan dunyo bu (2x)

Kimgadir baxt berdi, gullar bog‘ida
Kimlarni kuydirib hasrat dog‘ida (2x)

Kimnidir shoh qilgan yoshlik chog‘ida
Sarobni rost deya tutgan dunyo bu (2x)

Eng buyuk insonni qilgani sabr
Zo‘rlik emas topganing bo‘lsin qadr (2x)

Ochiq mozoridan kavlab bir qabr
Qachon keladi deb kutgan dunyo bu (2x)

Ey Ma’ruf vaqtida yashashni bilgin
Hatto yomonlikka yaxshilik qilgin
Yerdagi xasni ham nazarga ilgin
Ko‘z ochib yumguncha o‘tgan dunyo bu

Do‘stim zo‘rman deya ketma o‘zingdan
Zo‘rlarni boshini eggan dunyo bu
Hatto shohlarni ham olib taxtidan
Beajal go‘riga tiqqan dunyo bu
Zo‘rini sharmanda qilgan dunyo bu
Zo‘rini sharmanda qilgan dunyo bu


Текст песни (слова) Dunyo bu lyrics
 
 

Тексты песен Doston Ergashev являются собственностью правообладателей. Текст песни "Dunyo bu" представлен исключительно для ознакомления и личного пользования.
All lyrics are property and copyright of their owners. All lyrics provided for educational purposes and personal use only.

Популярные тексты песен исполнителя Doston Ergashev
Популярные тексты песен
Новые тексты песен