Doston Ergashev - Erkak sinmasin Текст песни (слова)
Qayda bo‘lmasin Xudo qo‘llasin
Bu dunyoda hech erkak sinmasin
Qiyinchilikdan, goh yo‘qchilikdan
Yo ichkilikdan erkak sinmasin (2x)
Qarzlarga botib, bor budin sotib
Qadrin yo‘qotib erkak sinmasin
Davralarda jim, go‘yo u hech kim
Erkak tilagim erkak sinmasin (2x)
Pul so‘rab do‘stdan, past-u nokasdan
Yolg‘on-u pastdan, erkak sinmasin
Tuhmat zarbidan, hasad zahridan
Ayol makridan erkak sinmasin
Hayot beboshlik, goh qilsa yoshlik
Bo‘lsin bardoshlik, erkak sinmasin
G‘urur, origa, ko‘z suzsa yoriga
Do‘stlar koriga erkak sinmasin
Haq bersin omad, yursin salomat
Uchrab bir nomard erkak sinmasin
Bo‘lsa shoh-gado, qilganda xato
Anvar der Xudo, erkak sinmasin
Doston der Xudo, erkak sinmasin
Текст песни (слова) Erkak sinmasin lyrics
Тексты песен Doston Ergashev являются собственностью правообладателей. Текст песни "Erkak sinmasin" представлен исключительно для ознакомления и личного пользования.
All lyrics are property and copyright of their owners. All lyrics provided for educational purposes and personal use only.