Doston Ergashev - Ey do‘stim Текст песни (слова)


Ey do‘stim tinglagin bir so‘z aytaman
Bu so‘zlar bo‘g‘zimni tirnab chiqadi
Kim bilan qay holda qachon qaytaman
Men o‘lsam bu qo‘shiqni kim ham aytadi

Do‘st bo‘lib har doim oynadik, quvnadik
Goh o‘ksib dunyodan to‘yib yig‘ladik
Shoh bo‘ldik goh gado lek ayrilmadik
Men o‘lsam sen bilan kim do‘st bo‘ladi

Mana bu go‘zallar buguncha sevadi
Hohlasa ertaga tashlab ham ketadi (2x)

Sensiz ham mensiz ham umri o‘tadi
Men o‘lsam men bilan sevgim o‘ladi

Ey do‘stim tinglagin bir so‘z aytaman
Bu so‘zlar bo‘g‘zimni tirnab chiqadi
Kim bilan qay holda qachon qaytaman
Men o‘lsam bu qo‘shiqni kim ham aytadi

Buguncha shirin so‘z aytib turibdi
U boshqa bilan ham sevishib yuribdi
Hozircha ichida o‘ylab turibdi
Men o‘lsam boshqani tanlab ketadi

Ey do‘stim tinglagin bir so‘z aytaman
Bor shunday do‘stlaring aslida dushman
Chin do‘stlar bag‘rida o‘z davringni sur
Men o‘lsam qabrimga eslab kelib tur (2x)

Vaqting oz, juda oz do‘stginam ulgur
Bu hayot sinovga ko‘mib yuborar
Olg‘a yur yiqilma do‘stginam yugur
Ortingdan shaytonlar quvalab borar


Текст песни (слова) Ey do‘stim lyrics
 
 

Тексты песен Doston Ergashev являются собственностью правообладателей. Текст песни "Ey do‘stim" представлен исключительно для ознакомления и личного пользования.
All lyrics are property and copyright of their owners. All lyrics provided for educational purposes and personal use only.

Популярные тексты песен исполнителя Doston Ergashev
Популярные тексты песен
Новые тексты песен