Doston Ergashev - Kechiraman Текст песни (слова)


Sog‘indim yor nigohingizni
Xatto shirin qiynog‘ingizni
Xato qiling mayliga takror
Kechiraman xatoyingizni

Sizni yaxshi bilganim uchun
Yo rahmdil bo‘lganim uchun
Ex sizni jondan sevganim uchun
Kechiraman xatoyingizni

Yolg‘oni ko‘p makkorginamsiz
Bahonasi tayyorginamsiz
Siz o‘zimning ayyorginamsiz
Kechiraman xatoyingizni

Bir kun qadrim bilib qolar deb
Yolg‘onini tiyib qolar deb
Balki insof kirib qolar deb
Kechiraman xatoyingizni

Shirin so‘zga yarasangiz bas
Bir bor kulib qarasangiz bas
Bir bor uzr so‘rasangiz bas
Kechiraman xatoyingizni

Telba ish-ku shunday alomat
Balki yo‘qdir bunda adolat
Qilmasangiz bo‘ldi xiyonat
Kechiraman xatoyingizni

Kechirmasam dilni o‘yaman
O‘zimni tiriklayin so‘yaman
Erkalikka yo‘yib qo‘yaman
Kechiraman xatoyingizni

Sog‘indim yor nigohingizni
Xatto shirin qiynog‘ingizni
Xato qiling mayliga takror
Kechiraman xatoyingizni


Текст песни (слова) Kechiraman lyrics
 
 

Тексты песен Doston Ergashev являются собственностью правообладателей. Текст песни "Kechiraman" представлен исключительно для ознакомления и личного пользования.
All lyrics are property and copyright of their owners. All lyrics provided for educational purposes and personal use only.

Популярные тексты песен исполнителя Doston Ergashev
Популярные тексты песен
Новые тексты песен