Doston Ergashev - Nima qilding Текст песни (слова)
Yugurganing mol-dunyo
Yugurdaksan shayton uchun
Yaratguvchi qodir hudo
Nima qilding vijdon uchun?
Yetim boshin siladingmi?
Ayt yaxshilik tiladingmi?
Nochorlarni siyladingmi?
Nima qilding inson uchun?
Topgan shu amaling qursin
O‘tirganing siniq kursing
Mayli zamon yuzin bursin
Nima qilding zamon uchun? (2x)
Hayo bilmas jayron uchun
Boring berding jayron uchun
Nima qilding g‘arib onang
O‘ksik ko‘ngli vayron uchun (2x)
Qaniydi bir fursat bo‘lsa
Do‘st-u g‘anim kulfat bo‘lsa
Davlatingga ulfat bo‘lsa
Qalbing berding yolg‘on uchun (2x)
Nima qilding, nima qilding?
Aytgin jannat shamol uchun?
Otang uchun, onang uchun
Nima qilding inson uchun?
Bu o‘tginchi dunyo e’zoz
Savob yig‘ib olgin biroz
Har ishingga bordir taroz
Nima qilding iymon uchun?
Yuragidan kuylar hofiz
Hatto yer-u osmon uchun
Shon-u shuhrat kerak emas
Muhlis muhim Doston uchun
Shon-u shuhrat kerak emas
Muhlis muhim Doston uchun
Текст песни (слова) Nima qilding lyrics
Тексты песен Doston Ergashev являются собственностью правообладателей. Текст песни "Nima qilding" представлен исключительно для ознакомления и личного пользования.
All lyrics are property and copyright of their owners. All lyrics provided for educational purposes and personal use only.