Doston Ergashev - Sog'inmadingmu Текст песни (слова)


Достон Эргашев — Согинмадингму

Tun yarmidan oshdi, xayol parishon
Xayolim o‘g‘irlab orinmadingmu?
Hijron paykoniga yuragim nishon
Nahotki bir lahza sog‘inmadingmu?

Kezdim-ki dunyoga sig‘may ham ketdim
U dalli oshiq deb suymadingmu?
Balki muhabbat deb sarobga yetdim
Nahotki bir lahza sog‘inmadingmu?

Sog‘inmadingmu, sog‘inmadingmu?
Sog‘inmadingmu?
Sog‘inmadingmu, sog‘inmadingmu?
Sog‘inmadingmu?

Otash nigohingda o‘t bo‘lib yondim
Bu holimni ko‘rib kuyinmadingmu?
Beparvo jilmaydingmi jim quvondim
Nahotki bir lahza sog‘inmadingmu?

Ey ko‘ngil yig‘lama, qalb yoshini art
Sevgingni toshbag‘r axtarib qolsin
Muhabbat eski dard, juda eski dard
So‘ngra armonlaring ichra yo‘qolsin

Sog‘inmadingmu, sog‘inmadingmu?
Sog‘inmadingmu?
Sog‘inmadingmu, sog‘inmadingmu?
Sog‘inmadingmu?


Текст песни (слова) Sog'inmadingmu lyrics
 
 

Тексты песен Doston Ergashev являются собственностью правообладателей. Текст песни "Sog'inmadingmu" представлен исключительно для ознакомления и личного пользования.
All lyrics are property and copyright of their owners. All lyrics provided for educational purposes and personal use only.

Популярные тексты песен исполнителя Doston Ergashev
Популярные тексты песен
Новые тексты песен