Sherali Jurayev - Toshkanli qizcha Текст песни (слова)
Oqar suvning o`z jilg`asi, arig`i bor
Shu shaharda bir qizchaning ta’rifi bor
Unga oshiq bo`lib yurar bir bo`z yigit
Ikkisining, aytsam, qiziq tarixi bor
Oqar suvning o`z jilg`asi, arig`i bor
Toshkanli bir qizchaning ta’rifi bor
Ul qizchaning qoshi qalam, ko`zi suzuk
Yigit aytar: “Taqsam shunga tillo uzuk”
Ko`rib qolsa, xo`rsinadi, til boylanar
Ayta olmas ammo unga so`z ham tuzuk
Oqar suvning o`z jilg`asi, arig`i bor
Toshkanli bir qizchaning ta’rifi bor
Unga oshiq bo`lib yurar bir bo`z yigit
Ikkisining, aytsam, qiziq tarixi bor
Qiz ham asta xo`rsinadi, urar yurak
Bo`z yigit ham o`sib qolgan misli terak
Qiz o`ylaydi: “Esiz, esiz shunday yigit
Indamaydi, tili chuchuk bo`lsa kerak.”
Oqar suvning o`z jilg`asi, arig`i bor
Toshkanli bir qizchaning ta’rifi bor
Текст песни (слова) Toshkanli qizcha lyrics
Тексты песен Sherali Jurayev являются собственностью правообладателей. Текст песни "Toshkanli qizcha" представлен исключительно для ознакомления и личного пользования.
All lyrics are property and copyright of their owners. All lyrics provided for educational purposes and personal use only.