Firuz Ruzmetov - Shoir bo'ldim Текст песни (слова)


Фируз Рузметов — Шоир булдим

Bitsam she’rlar muhabbatdan
Ahvoli tang ekan demang
Tiyilinglar bas g‘iybatdan
Kuygan yurak, bag‘rim yemang

Kambag‘alda yo‘q-da qadr
Muhabbatdan chekib jabr
Qaddim sira ko‘tarolmay
Qilayapman zo‘rg‘a sabr

Ex ko‘nglimning ovunchog‘i
Endi boylar o‘yinchog‘i
Qayda qoldi senga bergan
Sevgimizning ko‘zmunchog‘i? (2x)

She’rlarimni olib boring
O‘qib meni eslab yursin
Ayting, mashxur bo‘ldi yoring
Kimsiz qolganini ko‘rsin
Qayting demang endi o‘ldim
Baribir qaytib borolmasdim
Dastingizdan shoir bo‘ldim
Eplab maktub yozolmasdim (2x)

Ota-onang yuzin burdi
Kambag‘al deb yerga urdi
Onangga ayt siz haydagan
Yigitga ham omad kuldi

Yurmadim taqdirdan nolib
Bu dunyoda yorsiz qolib
Yodga tushsang ovunarman
Alamimni she’rdan olib

Ayting, siz ham suyganmidiz?
Kambag‘aldan kuyganmidiz?
Narx belgilab qizingizga
Boylarga deb tug‘ganmidiz? (2x)

She’rlarimni olib boring
O‘qib meni eslab yursin
Ayting, mashxur bo‘ldi yoring
Kimsiz qolganini ko‘rsin
Qayting demang endi o‘ldim
Baribir qaytib borolmasdim
Dastingizdan shoir bo‘ldim
Eplab maktub yozolmasdim (3x)


Текст песни (слова) Shoir bo'ldim lyrics
 
 

Тексты песен Firuz Ruzmetov являются собственностью правообладателей. Текст песни "Shoir bo'ldim" представлен исключительно для ознакомления и личного пользования.
All lyrics are property and copyright of their owners. All lyrics provided for educational purposes and personal use only.

Популярные тексты песен исполнителя Firuz Ruzmetov
Популярные тексты песен
Новые тексты песен